JASET

MA’LUMOTLAR MANBALARINI PARAMETRLASH

Authors

  • Gulmurodova Dinora Akram qizi

    Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali 1-kurs doktaranti E-mail: dinoragulmurodova1@gmail.com
    Author
  • Qoʻyliyev Zaynobiddin Sobir oʻgʻli

    TDIU talabasi
    Author

Keywords:

ma’lumotlar manbalari, parametrlash, Power BI, Power Query, ma’lumotlar integratsiyasi, ma’lumotlar boshqaruvi, analitik tizimlar, ma’lumotlar transformatsiyasi.

Abstract

Ma’lumotlar bilan ishlash jarayonida turli manbalardan olingan axborotni samarali boshqarish va tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy biznes-analitika tizimlarida ma’lumotlar manbalarini parametrlar asosida boshqarish ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonini optimallashtirish, moslashuvchan tahlil muhitini yaratish hamda foydalanuvchilarga qulay boshqaruv imkoniyatlarini ta’minlashga xizmat qiladi. Ma’lumotlar manbalarini parametrlash orqali foydalanuvchi ma’lumotlar bazasi, fayl manzili, vaqt oralig‘i yoki boshqa muhim parametrlarni oson o‘zgartirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu esa analitik tizimlarning moslashuvchanligini oshiradi hamda ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonini avtomatlashtirish imkonini yaratadi. Parametrlash jarayoni ayniqsa Power BI, Power Query va boshqa analitik platformalarda keng qo‘llanilib, ma’lumotlar integratsiyasi, ularni transformatsiya qilish hamda tahlil qilish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Mazkur yondashuv ma’lumotlarni boshqarish tizimlarini takomillashtirish, analitik jarayonlarni soddalashtirish va raqamli boshqaruv mexanizmlarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Downloads

Published

2026-03-17