SHERMUHAMMAD MUNIS IJODIDA YORDAMCHI SO’ZLARNINGROLI
Keywords:
Munis, eski oʻzbek tili, yordamchi soʻzlar, ko‘makchi, bogʻlovchi, yuklama, badiiy til, Xorazm adabiy muhiti, grammatik munosabat, tarixiy tilshunoslik.Abstract
Ushbu maqolada XIX asr Xorazm adabiy muhitining yirikvakili Shermuhammad Munis ijodida qoʻllangan yordamchi soʻzlarning grammatik va semantik xususiyatlari tahlil qilinadi. Maqolada eski oʻzbek tilida keng isteʼmolda boʻlgan ko‘makchilar, bogʻlovchilar va yuklamalarning shakllanishi, tarixiy taraqqiyoti hamda badiiy matndagi vazifalari Munis asarlari misolida yoritilgan. Shuningdek, shoir sheʼriyatida uchraydigan bila, ichra, uzra, sari, yangligʻ kabi ko‘makchilar, kim, to, valek, ne…ne kabi bogʻlovchilar hamda -mu, bas kabi yuklamalarning qoʻllanishi misollar asosida izohlangan. Tadqiqot natijasida Munis ijodi eski oʻzbek tilidagi yordamchi soʻzlarning shakli va maʼnosini oʻrganishda muhim manba ekanligi aniqlangan.
Downloads
Published
2026-03-17
Issue
Section
Articles