JASET

BO‘LAJAK INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARINI TAYYORLASHDA ADAPTIV O‘QITISH YONDASHUVINING AHAMIYATI

Authors

  • Po‘latova Iroda Obid qizi

    Samarqand davlat pedagogika instituti 1-bosqich doktoranti
    Author

Keywords:

Adaptiv o‘qitish, individual yondashuv, ta’limni individuallashtirish, talaba markazli ta’lim, heterogen sinf, ta’lim samaradorligi.

Abstract

Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim jarayonida o‘quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish zarurati hamda adaptiv o‘qitish yondashuvining pedagogik ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda o‘quvchilarning qiziqishlari, bilim darajalari, til muhitlari va ijtimoiy sharoitlari turlicha ekanligi ta’lim jarayonini moslashuvchan tashkil etishni talab qilishi ilmiy manbalar asosida yoritiladi. An’anaviy “hamma uchun bir xil” o‘qitish yondashuvi o‘quvchilarning individual ehtiyojlarini to‘liq qondira olmasligi hamda heterogen sinflarda ta’lim samaradorligini pasaytirishi mumkinligi asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari adaptiv o‘qitish o‘quv jarayonini individuallashtirish, o‘quvchilarning o‘quv motivatsiyasini oshirish hamda ta’lim samaradorligini ta’minlashda muhim pedagogik vosita ekanligini ko‘rsatadi.

Downloads

Published

2026-03-13