MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA DASTLABKI MATEMATIK TUSHUNCHALAR BERISHGA QOʻYILADIGAN TALABLAR
Keywords:
maktabgacha taʼlim, dastlabki matematik tushunchalar, elementar matematik malakalar, davlat talablari, bilish jarayoni, tarbiyachi, o‘yin asosida taʼlim, formatif baholash.Abstract
Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda dastlabki matematik tushunchalarni shakllantirishga qoʻyiladigan asosiy talablar ilmiy-pedagogik jihatdan tahlil qilinadi. Mavzu Oʻzbekiston Respublikasining maktabgacha taʼlimga oid normativ-huquqiy hujjatlari, xususan “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Qonun, maktabgacha taʼlim va tarbiyaning davlat standarti, pedagogning kasbiy standarti hamda 2026-yilgi tizimli islohotlar asosida yoritiladi. Maqolada dastlabki matematik tushunchalarning mazmuni, yosh bosqichlari bo‘yicha rivojlanish dinamikasi, pedagogik shart-sharoitlar, tarbiyachiga qo‘yiladigan metodik talablar va baholash mezonlari ochib berilgan. Shuningdek, erta matematik ko‘nikmalar keyingi ta’lim bosqichidagi muvaffaqiyatning muhim omili ekani ilmiy manbalar asosida asoslanadi.