JASET

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI — DAVLATNING ASOSIY HUQUQIY HUJJATI

Authors

  • Alijonova Gulasalxon Turobjon qizi

    Oliy ta’lim fan va innavatsiyalar vazirligi Toshkent shahar yuridik texnikumi Yuridik xizmat faoliyati 02-08-guruh o’quvchisi
    Author

Keywords:

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, davlatning asosiy huquqiy hujjati, mustaqillik, suverenitet, demokratiya, inson huquqlari, fuqarolik erkinliklari, hokimiyatlar bo‘linishi, qonun ustuvorligi, ijtimoiy davlat, konstitutsiyaviy islohotlar, 1992-yil 8-dekabr, 2023-yil o‘zgarishlari, davlat boshqaruvi, fuqarolik jamiyati, mahalla instituti.

Abstract

Mazkur maqola O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mohiyati, yaratilish tarixi va davlat hayotidagi o‘rniga bag‘ishlangan.  Unda Konstitutsiyaning mustaqil davlatning asosiy huquqiy hujjati sifatidagi ahamiyati keng yoritilgan bo‘lib, uning 1992-yil 8-dekabrda qabul qilinganligi, davlat tuzilishi, hokimiyatlar bo‘linishi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat taraqqiyotidagi roli batafsil tahlil qilingan.  Maqolada Konstitutsiyaning tuzilishi — Muqaddima, bo‘limlar va moddalar haqida umumiy ma’lumot berilgan, shuningdek, inson huquqlari Konstitutsiyaning markazida turgani alohida ta’kidlangan. 2023-yilgi konstitutsiyaviy islohotlar natijasida inson manfaatlari, ijtimoiy davlat tamoyillari, mahalla instituti va ekologik xavfsizlik bo‘yicha amalga oshirilgan yangiliklar ham qisqacha yoritib o‘tilgan.  Xulosa qismida Konstitutsiya O‘zbekistonning siyosiy, huquqiy va ijtimoiy taraqqiyotida asosiy o‘rin tutishi, davlat va jamiyat barqarorligini ta’minlovchi bosh hujjat ekani ta’kidlanadi.

Downloads

Published

2026-03-03