JASET

EKSKURSIYA XIZMATLARI: SOHA RIVOJLANISHI VA UNING TURIZM SOHASIDAGI O‘RNI

Authors

  • Saidov Behruz Eraliyevich

    Samarqand turizm va madaniy meros texnikumi talabasi saidovbehruz418@gmail.com
    Author
  • Ergashev Shoxrux Jamolovich

    Samarqand turizm va madaniy meros texnikumi o‘qituvchisi Amirtemur891@gmail.com
    Author

Keywords:

ekskursiya xizmatlari, turizm sanoati, gid-ekskursovod, turistik mahsulot, madaniy meros, xizmatlar sifati, turistik infratuzilma.

Abstract

Mazkur maqolada ekskursiya xizmatlarining turizm sanoatidagi strategik ahamiyati, ularning shakllanish bosqichlari va zamonaviy rivojlanish tendensiyalari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Ekskursiya xizmatlari turistik mahsulotning ajralmas tarkibiy qismi sifatida turistlarning bilim doirasini kengaytirish, madaniy merosni targ‘ib etish hamda hududlarning turistik jozibadorligini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Maqolada ekskursiya faoliyatining iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy jihatlari yoritilib, professional gid-ekskursovodlar tayyorlash, xizmatlar sifatini oshirish va raqamli texnologiyalarni joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, ekskursiya xizmatlarining turizm bozoridagi raqobatbardoshlikni ta’minlashdagi roli va istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari asoslab beriladi.

Downloads

Published

2026-02-26