MATRITSANING MODULI BO‘YICHA ENG KATTA XOS SON VA UNGA MOS VEKTORLARINI TOPISH
Keywords:
matritsa, xos son, xos vektor, eng katta modulli xos son, kuchaytirish usuli, iteratsion yondashuv, chiziqli algebra, sonli misollar, kompleks sonlar, matritsalar nazariyasiAbstract
Ushbu maqolada matritsaning moduli (absolyut qiymati) bo‘yicha eng katta xos sonini (eigenvalue) aniqlash va unga mos xos vektorlarni topish masalasi yoritilgan. Xususan, bu qiymatlarning chiziqli algebra va amaliy matematikadagi o‘rni, dinamik tizimlarni tahlil qilish, differensial tenglamalarni yechish hamda fizikaviy va muhandislik modellarida qo‘llanilishi ko‘rib chiqilgan. Matritsaning xos sonlarini topishda kuchaytirish (power method) usuli asosida iteratsion yondashuvlar tahlil qilinadi va algoritmik yechimlar misollar orqali ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijalari yordamida real va kompleks xos sonlar uchun moduli bo‘yicha eng katta qiymatni aniqlashning samarali usullari yoritilgan. Maqola talabalarga, tadqiqotchilarga va muhandislarga matritsalar nazariyasini amaliyotda qo‘llashda yordam berishni maqsad qiladi.