JASET

O‘ZBEK VA FRANSUZ TILLARIDA FE’L SO‘Z TURKUMINING GRAMMATIK XUSUSIYATLARI

Authors

  • Tursunova Madina Ulug‘bek qizi

    Farg‘ona davlat universiteti o‘qituvchisi madinatursunova21@gmail.com
    Author
  • Egamberdiyeva Feruza G‘ayratjon qizi

    Farg‘ona davlat universiteti talabasi feruzaegamberdieva06@gmail.com
    Author

Keywords:

fe’l, zamon kategoriyasi, mayl kategoriyasi, nisbat, agglutinativ til, flektiv til, qiyosiy-tipologik tahlil.

Abstract

Mazkur maqolada o‘zbek va fransuz tillarida fe’l so‘z turkumining grammatik xususiyatlari qiyosiy-tipologik yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda fe’lning shaxs va son, zamon, mayl, nisbat hamda bo‘lishlilik/inkor kategoriyalari morfologik va sintaktik jihatdan o‘rganiladi. O‘zbek tilining agglutinativ xususiyati va fransuz tilining flektiv tabiati fe’l paradigmalari misolida solishtiriladi. Shuningdek, analitik va sintetik shakllarning qo‘llanishi, valentlik o‘zgarishi hamda predikativlikning ifodalanish mexanizmlari ochib beriladi.

Downloads

Published

2026-02-26