ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR: INNOVATSION USULLAR VA ULARNI AMALIYOTGA TATBIQ ETISHNING SAMARALI YO‘LLARI
Keywords:
lingvistik kompetensiya, madaniyatlararo muloqot, raqamli pedagogika, loyiha-metod, virtual ta'lim, kommunikativ usullarAbstract
Ushbu maqola zamonaviy ta’lim jarayonida qo‘llanilayotgan pedagogik texnologiyalarning nazariy asoslari va amaliy qo‘llanilishiga bag‘ishlangan. Tadqiqot davomida raqamli ta’lim platformalari, loyihaviy usullar, differensiallashgan ta’lim va flipped classroom kabi innovatsion yondashuvlarning samaradorligi chuqur o‘rganildi. Maqolada Qashqadaryo viloyatidagi ta’lim muassasalarida olib borilgan "Raqamli pedagogika laboratoriyasi" amaliy loyihasi tajribalari tahlil qilindi, shuningdek ushbu texnologiyalarning o‘quvchilarning kognitiv qobiliyatlari, mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalari va akademik yutuqlariga ijobiy ta’siri aniqlandi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, integratsiyalashgan pedagogik texnologiyalar nafaqat o‘quvchilarning bilim olish motivatsiyasini oshirish, balki ularning kreativ fikrlash va muammolarni yechish qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.