JASET

TO‘G‘RI TO‘RTBURCHAK (RIMAN) VA TRAPETSIYA USULLARINI TAQQOSLAMA TAHLILI

Authors

  • G’ulomjonova Sakinabonu Rashidjon qizi

    Farg’ona davlat unversiteti 4-kurs talabasi g.sakinabonu@icloud.com
    Author

Keywords:

sonli integrallash, to‘g‘ri to‘rtburchak usuli, Riman yig‘indisi, trapetsiya usuli, aniq integral, yaqinlashuv, hisoblash xatoligi, matematik tahlil.

Abstract

Maqolada aniq integralni sonli hisoblashda keng qo‘llaniladigan to‘g‘ri to‘rtburchak (Riman) va trapetsiya usullarining nazariy asoslari hamda amaliy samaradorligi taqqoslama tahlil qilinadi. Sonli integrallash usullari analitik yechimga ega bo‘lmagan yoki murakkab ko‘rinishdagi funksiyalar integralini hisoblashda muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada har ikkala usulning matematik mohiyati, algoritmik tuzilishi va yaqinlashuv xususiyatlari izchil yoritilib, ularning aniqlik darajasi va hisoblashdagi xatoliklari tahlil qilinadi. To‘g‘ri to‘rtburchak (Riman) usulining soddaligi va tezkorligi bilan bir qatorda, trapetsiya usulining yuqoriroq aniqlikka ega ekanligi nazariy va amaliy misollar asosida ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, bo‘linmalar sonining ortishi natijalarga ta’siri hamda har bir usulning qo‘llanish sohalari solishtirma jihatdan baholanadi. Tadqiqot natijalari sonli integrallash masalalarini yechishda usul tanlashda muhim metodik xulosalar chiqarish imkonini beradi.

Downloads

Published

2026-02-19