INGLIZ VA O’ZBEK DIPLOMATIK NUTQIDA STILISTIK STRATEGIYALARNING QIYOSIY TAHLILI
Keywords:
Diplomatik nutq, stilistik strategiyalar, qiyosiy tahlil, ingliz tili, o'zbek tili, frazeologik birliklar, pragmatika, madaniy farqlar, tarjima muammolari, diskurs turlari.Abstract
Biz ushbu tezisda ingliz va o'zbek diplomatik nutqlaridagi stilistik strategiyalarni qiyosiy tahlil qilib chiqamiz. Va u orqali ularning o'xshashliklari va farqlarini ochib berish maqsad qilingan. Diplomatiya – bu mamlakatlar o'rtasidagi aloqalarni o'rnatish va saqlashda muhim rol o'ynaydigan soha, va uning til vositalari o'ziga xos stilistik strategiyalarga asoslanadi. Tadqiqotda diplomatik diskursning leksik-semantik xususiyatlari, frazeologik birliklar, pragmatik jihatlar va stilistik vositalar (masalan, metafora, hiperbola, takrorlash) ko'rib chiqilgan. Ingliz diplomatik nutqida rasmiylik va aniqlik ustunlik qilsa, o'zbek tilida esa madaniy kontekst va munosabatlarning ta'kidlashi ko'proq namoyon bo'ladi. O'zbekiston va xalqaro manbalarga asoslanib, AQSh va O'zbekiston diplomatik hujjatlaridan namunalar keltirilgan. Natijada, bu strategiyalar o'zaro muloqotda madaniy farqlarni hisobga olish zarurligini ko'rsatadi, bu esa tarjima va xalqaro aloqalarni yaxshilashga yordam beradi.Downloads
Published
2026-02-19
Issue
Section
Articles