JASET

AMIR OLIMXONNING AFG'ONISTONDAGI HAYOTI

Authors

  • Rustamov Xoshimjon Dilshod o‘g‘li

    Osiyo Xalqoro Universiteti 1-kurs magistranti @rustamovyodgorbek4gmail.com
    Author

Keywords:

Amir Said Olimxon, Afg‘oniston, Qal’ai Fatu, muhojirlik, siyosiy cheklovlar, bosmachilik, memuar.

Abstract

Buxoro amirligining so‘nggi hukmdori Amir Said Olimxon 1920-yilda amirlik tugatilgach, avval Sharqiy Buxoro tomonga chekinib, keyinchalik Afg‘onistonga o‘tadi. Afg‘on muhitida uning maqomi “siyosiy muhojir” sifatida shakllanib, bir tomondan xavfsiz boshpana va homiylik, ikkinchi tomondan esa harakat erkinligini cheklash, moliyaviy bosim va diplomatik ehtiyotkorlik bilan kechadi. Ushbu maqola Amir Olimxonning Qobul atrofidagi Qal’ai Fatu qarorgohida yashashi, Afg‘oniston hukumatining unga va avlodlariga qo‘ygan cheklovlari, sovet diplomatik bosimi fonida shakllangan siyosiy holati, hamda muhojirlikda yozilgan xotiralar (memuar) va ularning keyingi tarixshunoslikdagi o‘rni masalalarini tahlil qiladi. Manbalar qiyosiy-tanqidiy yondashuvda solishtirildi: ilmiy maqolalar, tarixiy qo‘llanmalar, intervyu va ensiklopedik ma’lumotlar o‘rtasidagi moslik hamda tafovutlar (ayniqsa Afg‘onistonga o‘tish va vafot sanalari) ko‘rsatildi. Natijalarga ko‘ra, Amir Olimxon muhojirlikda siyosiy ta’sirini saqlashga urinadi, ammo Afg‘onistonning tashqi siyosiy muvozanati va ichki xavfsizlik mulohazalari uning real imkoniyatlarini keskin toraytiradi.

Downloads

Published

2026-02-16