JASET

MULOQOTDA GENDER STEREOTIPLARI: PRAGMATIK TAHLIL VA LINGVISTIK YONDASHUV

Authors

  • Rixsiboyeva Farangis,

    Toshkent davlat tibbiyot universiteti, til o’rgatish markazi , Toshkent shahri
    Author

Keywords:

gender stereotiplari, pragmatika, gender diskursi, muloqot, nutqiy aktlar, sotsiolingvistika, Guli Ergasheva.

Abstract

Mazkur maqola muloqot jarayonida gender stereotiplarining pragmatik jihatdan shakllanishi va namoyon bo‘lish mexanizmlarini tilshunoslik nuqtayi nazaridan tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqot zamonaviy gender lingvistikasi va pragmatika sohasida olib borilgan ilmiy izlanishlar, xususan D. Cameron, J. Coates, J. Holmes, P. Brown va S. Levinsonlarning genderga xos nutqiy strategiyalar hamda muloyimlik nazariyalariga tayangan holda olib boriladi. Ushbu nazariy qarashlar gender stereotiplarining nutqda ochiq emas, balki ko‘pincha yashirin pragmatik vositalar orqali ifodalanishini asoslaydi.

Maqolada gender stereotiplari biologik omillardan ko‘ra, ijtimoiy va diskursiv konstrukt sifatida talqin qilinadi. Ushbu yondashuv o‘zbek tilshunosligida Guli Ergasheva tomonidan olib borilgan tadqiqotlar bilan uyg‘unlashadi. Xususan, G. Ergashevaning gender terminologiyasi, gender diskursi va sotsiolingvistik omillar haqidagi ishlari gender tushunchalarining til orqali normallashtirilishi va ijtimoiy ongda mustahkamlanishini ko‘rsatib beradi. Mazkur tadqiqot ushbu ilmiy qarashlarni pragmatik tahlil bilan boyitishni maqsad qiladi.

Tadqiqotda sifat (qualitative) metodologiyasi asosida erkak va ayollar ishtirokidagi real muloqot namunalari pragmatik va diskursiv tahlil qilinadi. Tahlil jarayonida nutqiy aktlar, muloyimlik strategiyalari, bilvosita ifoda shakllari, presuppozitsiyalar hamda baholovchi birliklarning gender stereotiplarini shakllantirishdagi roli aniqlanadi. Shuningdek, muloqot ishtirokchilarining tashabbus ko‘rsatish darajasi va kuch munosabatlari gender stereotiplarining kommunikativ darajada qanday qayta ishlab chiqarilishini ochib beradi.

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, gender stereotiplari muloqot jarayonida ko‘pincha bevosita ifodalanmaydi, balki pragmatik tanlovlar va diskursiv strategiyalar orqali bilvosita mustahkamlanadi. Erkak va ayollar nutqidagi pragmatik farqlar jamiyatda mavjud gender stereotiplarini aks ettiribgina qolmay, ularni kundalik muloqot jarayonida normativ holga keltiradi. Mazkur maqola gender stereotiplarini pragmatik nuqtayi nazardan o‘rganish orqali gender lingvistikasi sohasidagi mavjud ilmiy tadqiqotlarni boyitadi hamda o‘zbek tilshunosligida ushbu yo‘nalishni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Downloads

Published

2026-02-13