BADIIY MATNDA TINISH BELGILARINING ESTETIK VA EKSPRESSIV IMKONIYATLARI (INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARI MATERIALI ASOSIDA)
Keywords:
punktuatsiya, tinish belgilari, badiiy matn, lingvopoetika, ekspressivlik, estetik funksiya, stilistika, qiyosiy tahlil, ingliz tili, oʻzbek tili, muallif individual uslubi, psixopragmatika.Abstract
Ushbu tezis ingliz va oʻzbek badiiy matnlarida qoʻllanuvchi tinish belgilarining estetik va ekspressiv vazifalarini qiyosiy aspektda yoritishga bagʻishlangan. Tadqiqotda punktuatsiya vositalari sof grammatik meʼyor doirasidan chiqarilib, ularning lingvopoetik, stilistik va psixopragmatik salohiyati tahlil qilinadi. Tinish belgilarining badiiy nutqda ritm, ohang, pauza, psixologik toʻxtash va dramatizm yaratishdagi ishtiroki Mark Tven hamda Abdulla Qodiriy asarlari misolida ochib beriladi. Xususan, nuqta, koʻp nuqta, tire, vergul, soʻroq va undov belgilarining muallif niyati va qahramon ruhiy holatini ifodalashdagi oʻrni yoritiladi. Ingliz va oʻzbek punktuatsion tizimlaridagi tipologik oʻxshashlik va milliy-madaniy farqli jihatlar aniqlanib, tinish belgilarining mualliflik uslubi va badiiy tafakkur shakllanishidagi roli asoslanadi. Tezis natijalari matn lingvistikasi, qiyosiy adabiyotshunoslik va tarjima nazariyasi sohalari uchun amaliy ahamiyat kasb etadi.