MAKTABGACHA TA'LIMDA BOLALARNING UMUMIY FIKRLASH QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA
Keywords:
maktabgacha ta’lim, umumiy fikrlash qobiliyati, pedagogik muammo, mantiqiy fikrlash, ijodiy fikrlash, tanqidiy fikrlash.Abstract
Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tizimida bolalarning umumiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish pedagogik muammo sifatida ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda maktabgacha yoshdagi bolalarda mantiqiy, ijodiy va tanqidiy fikrlashni shakllantirish jarayonining ahamiyati yoritilib, ta’lim-tarbiya jarayonida uchrayotgan asosiy muammolar va ularning kelib chiqish omillari aniqlanadi. Shuningdek, pedagog va tarbiyachilarning kasbiy kompetensiyasi, rivojlantiruvchi muhitning tashkil etilishi hamda o‘yin, muloqot va faoliyatga asoslangan metodlarning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishdagi roli ochib beriladi. Maqolada bolalarning individual psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda samarali pedagogik shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqiladi.