TURIZM SOHASIDA LOYIHALARNI KREDITLASH AMALIYOTINI TAKOMILLASHTIRISH: YANGI YONDASHUVLAR VA YANGI IMKONIYATLAR
Keywords:
turizm, kreditlash, investitsiya, moliyalashtirish, loyiha, rivojlanish, iqtisodiyot, rentabellik, imtiyoz .Abstract
Ushbu maqola O’zbekistonda turizm sohasidagi loyihalarni kreditlash amaliyotini takomillashtirish masalalarini o’rganadi. Turizm mamlakat iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan biri bo’lib, uning rivojlanishi yangi ish o’rinlari yaratish, valyuta tushumini ko’paytirish va mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo’shadi. Biroq, turizm loyihalarini moliyalashtirishda bir qator muammolar mavjud, jumladan, yuqori foiz stavkalari, garov talablari va kreditlash jarayoning murakkabligi. Ushbu maqolada mavjud muammolar tahlil qilinadi va turizm loyihalarini kreditlash amaliyotini takomillashtirish bo’yicha takliflar ishlab chiqiladi. Xususan, imtiyozli kreditlash mexanizmlarini joriy etish, garov talablarini yumshatish, kreditlash jarayonini soddalashtirish va turizm loyihalarini baholashning samarali usullarini ishlab chiqish taklif etiladi. Ushbu takliflar O’zbekistonda turizm sohasining rivojlanishiga va yangi investitsiyalarni jalb qilishga yordam beradi.