RANGLAR MILLIY MADANIY KOD SIFATIDA: QORA RANG SEMANTIKASI VA PRAGMATIK TALQINI (INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARI MATERIALLARI ASOSIDA)
Keywords:
ranglar semantikasi, milliy madaniy kod, qora rang, lingvokulturologiya, semiotika, noverbal kommunikatsiya, pragmatik ma’no, madaniy konnotatsiya, kiyinish madaniyatiAbstract
Mazkur maqolada ranglarning milliy madaniy kod sifatidagi o‘rni zamonaviy tilshunoslik, semiotika va lingvokulturologiya nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Tadqiqotda ranglar oddiy estetik yoki fizik hodisa emas, balki jamiyat tomonidan kodlangan, madaniy axborotni uzatuvchi murakkab belgilar tizimi ekanligi asoslab beriladi. Xususan, qora rang semantikasi ingliz va o‘zbek madaniy kontekstida qiyosiy jihatdan ko‘rib chiqilib, uning salbiy konnotatsiyadan ijobiy — jiddiylik, obro‘, hokimiyat va ziyolilik timsoliga siljishi ochib beriladi. Ranglarning belgilovchi va belgilanuvchi komponentlari klassik semiotik model asosida tahlil qilinib, rang semantikasining madaniy-spetsifik va dinamik xususiyatlari yoritiladi. Shuningdek, kiyinish madaniyati misolida ranglarning noverbal kommunikativ vosita sifatidagi pragmatik funksiyalari ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijalari ranglar semantikasini milliy tafakkur, aksiologik qarashlar va madaniyatlararo muloqot bilan uzviy bog‘liq holda talqin qilish zarurligini tasdiqlaydi.Downloads
Published
2026-02-07
Issue
Section
Articles