ASAL SHIRAGA BOY DUKKAKLI OʻSIMLIKLARNING BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI: CROTALARIA, YANTOQ (ALHAGI), SEBARGA (MEDICAGO), INDIGOFERA OʻSIMLIKLARI MISOLIDA
Keywords:
Asal shirasi, dukkakli o‘simliklar, Crotalaria, yantoq, sebarga, indigofera, bioekologik xususiyatlar, polen, nektar, changlanish, entomofauna, asal arilari, tuproq unumdorligi, azot fiksatsiyasi, yaylov o‘simliklari, dori-darmon manbai, ekologik barqarorlik, qishloq xo‘jaligi, agroekotizim, ozuqa qiymati, adaptatsiya, iqlimga moslashuvchanlik, biologik xilma-xillik, asalarichilik resurslari, tuproq degradatsiyasi, yashil o‘g‘it.Abstract
Mazkur maqolada asal shiraga boy dukkakli o‘simliklarning bioekologik xususiyatlari yoritiladi. Crotalaria, yantoq (Alhagi), sebarga (Medicago) hamda indigofera o‘simliklarining morfologiyasi, ekologik moslashuvchanligi, nektar berish xususiyatlari hamda ularning asalarichilik va ekologik tizimdagi ahamiyati ilmiy asosda tahlil qilingan. Ularning tabiiy sharoitda o‘sishi, tuproq unumdorligini yaxshilashdagi roli, changlatuvchi hasharotlar uchun oziqa manbai sifatidagi xususiyatlari keng yoritilgan.
Tadqiqot obyekti sifatida Crotalaria, yantoq (Alhagi), sebarga (Medicago) va Indigofera kabi o‘simliklar tanlab olindi. Ularning morfo-biologik belgilarini, ekologik moslashuvchanlik darajasi, nektar ishlab chiqarish intensivligi hamda agroekotizim va asalarichilikdagi amaliy ahamiyati yoritildi. Maqolada, shuningdek, mazkur o‘simliklarning simbiotik rizobakteriyalar orqali tuproq unumdorligini oshirishdagi roli, qurg‘oqchilikka chidamliligi, tuproqni eroziya va sho‘rlanishdan himoya qilishdagi funksiyasi ham ko‘rsatib o‘tilgan. Asalarichilik nuqtayi nazaridan, ushbu dukkaklilarning gullash davri, nektar chiqarish miqdori va asal sifati bo‘yicha qiyosiy tahlillar ham berilgan. Natijada, Crotalaria, Alhagi, Medicago va Indigofera o‘simliklari nafaqat changlatuvchilar uchun muhim oziq manbai, balki agroekotizimlarning barqaror rivojlanishini ta’minlovchi asosiy komponent sifatida qayd etildi.
Tadqiqot davomida ushbu o‘simliklarning morfo-biologik xususiyatlari, adaptatsion imkoniyatlari, changlatuvchi entomofaunaga ta’siri, hamda asal sifatini shakllantirishdagi roli yoritilgan. Maqolada shuningdek, mazkur o‘simliklarning qishloq xo‘jaligida foydalanish imkoniyatlari, yaylov va pichanbop o‘simlik sifatidagi ahamiyati, dori-darmon manbai sifatida qo‘llanishi va biologik azot fiksatsiyasi orqali tuproq unumdorligini oshirishdagi ekologik vazifalari keng ochib berilgan. Asal ishlab chiqarishda yuqori nektarli o‘simliklarning ulushi, ari oilalari mahsuldorligiga ta’siri, hududiy iqlim sharoitiga moslashgan navlar, hamda barqaror ekologik tizimlarni shakllantirishdagi ahamiyati chuqur ilmiy tahlil qilinadi.