RAQAMLI VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI YORDAMIDA IJTIMOIY XIZMATLARNI MODERNIZATSIYA QILISH
Keywords:
modernizatsiya, YIDXP, axborot texnologiyalari, Big Data, Al, Feedback, mexanizmlar, raqamli soʻrovnomalar.Abstract
Ushbu maqolada raqamli va axborot texnologiyalari yordamida ijtimoiy xizmatlar tizimini modernizatsiya qilishning asosiy yo‘nalishlari yoritilgan. Raqamlashtirish jarayoni ijtimoiy xizmatlarning sifatini oshirish, ularga bo‘lgan kirish imkoniyatini kengaytirish, xizmatlarni shaffof va adolatli taqsimlashga xizmat qilishi batafsil tahlil qilinadi. Shuningdek, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va boshqa raqamli platformalarning ahamiyati, maʼlumotlar tahlili (Big Data, AI) orqali ehtiyojlarni aniqlash, firibgarlikning oldini olish kabi imkoniyatlar misollar orqali asoslab beriladi. Maqola ijtimoiy xizmatlar tizimini raqamlashtirishning ijtimoiy samaradorligi va jamiyat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasini ilmiy-amaliy nuqtayi nazardan ochib beradi.