TA’LIM JARAYONIDA SHAXSIY FAOLLIK VA IJTIMOIY JAVOBGARLIKNI UYG’UN TARBIYALASH USULLARI
Keywords:
shaxsiy faollik, ijtimoiy javobgarlik, ta’lim jarayoni, tarbiya usullari, pedagogik texnologiyalar, fuqarolik mas’uliyati, mustaqil fikrlash, ijtimoiylashuv, axloqiy tarbiya, interfaol metodlar.Abstract
Mazkur maqolamda ta’lim jarayonida shaxsiy faollik va ijtimoiy javobgarlikni uyg‘un holda tarbiyalashning pedagogik usullari tahlil qilinadi. O‘quvchilarda mustaqil fikrlash, tashabbuskorlik, jamiyat oldidagi mas’uliyatni anglash kabi sifatlarni shakllantirishning nazariy va amaliy jihatlari yoritiladi. Zamonaviy ta’lim sharoitida demokratik va insonparvar yondashuvlar, interfaol metodlar hamda tarbiyaviy faoliyatning o‘rni ochib beriladi. Maqolada shaxsning ijtimoiylashuvi, fuqarolik pozitsiyasining shakllanishi hamda axloqiy qadriyatlar asosida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Mening shaxsiy fikrimcha, o‘quvchi faolligi ijtimoiy javobgarlik bilan uyg‘unlashgandagina ta’limning haqiqiy samarasi namoyon bo‘ladi va barkamol shaxs voyaga yetadi.