SARATON RIVOJLANISHIDA EPITELIY TO‘QIMASINING O‘ZGARISHI
Keywords:
saraton, epiteliy to‘qimasi, epiteliy-mezenximal o‘tish (EMT), genetik mutatsiya, invaziya, metastaz, angiogenez, onkogenez.Abstract
Saraton - bu hujayralarning nazoratsiz bo‘linishi, o‘sishi va boshqa to‘qimalarga tarqalishi bilan tavsiflanadigan murakkab patologik jarayonlar yig‘indisidir. Saraton rivojlanishida eng muhim o‘zgarishlardan biri epiteliy to‘qimalarida kuzatiladi, chunki epiteliy organizmning tashqi va ichki yuzalarini qoplab, himoya, sekretsiya va so‘rilish kabi muhim funksiyalarni bajaradi. Ushbu maqolada epiteliy hujayralarining sog‘lom holatdagi tuzilishi, ularning genetik, biokimyoviy va tashqi omillar ta’sirida o‘zgarishi hamda epiteliy-mezenximal o‘tish (EMT) jarayonining saraton patogenezidagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, epiteliy hujayralaridagi o‘zgarishlarning invaziya, angiogenez, metastaz va kimyoterapiyaga qarshilik (kimyorezistensiya) jarayonlari bilan bog‘liqligi yoritiladi.