BADIIY ADABIYOTDA OPA-SINGILLAR OBRAZI
Keywords:
Badiiy obraz, timsol, personaj, ramziy obraz, tasvir, ta’sirchanlik, interpretatsiya, opa-singillar, birodarlik, shaxsiy tajriba, Shekspir, “Qirol Lir”, Abdulla Qahhor, “Nurli cho’qqilar”, O‘lmas Umarbekov, “Fotima va Zuhra”.Abstract
Ushbu maqolamda badiiy adabiyotda obraz va timsollardan foydalanish, ularning asar badiiyatini oshirishdagi ahamiyati tahlil qilingan. Xususan, opa-singillar timsollaridan foydalanish, ularning xarakterli xususiyatlari, shuningdek, jahon va o‘zbek adabiyotidagi opa-singillar bosh obraz darajasiga ko‘tarilgan asarlar misolida ko‘rib chiqilgandir deb ayta olaman. Yozuvchi sifatida mening shaxsiy tajribam shuni ko‘rsatadiki, opa-singillar obrazlari orqali ijodkor insoniy munosabatlarni, birodarlik va yaqinlik tuyg‘ularini ifodalash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Maqolada Shekspirning “Qirol Lir”, Abdulla Qahhorning “Nurli cho’qqilar”, O‘lmas Umarbekovning “Fotima va Zuhra” kabi asarlar tahlil qilingan. Shu bilan birga, opa-singillar timsollari orqali adiblar jamiyatdagi murakkab ijtimoiy munosabatlarni ham ochib berish imkoniyatiga ega ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan.