JASET

MAKTABGACHA TA’LIMDA MILLIY QADRIYATLAR VA IJODIY FAOLIYATNING NAZARIY ASOSLARI

Authors

  • Hamrayeva Umida Hamidulla qizi

    Kattaqoʻrgʻon davlat pedagogika instituti taʼlim tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha taʼlim) yoʻnalishi 1-kurs magistranti
    Author

Keywords:

Maktabgacha ta’lim, milliy qadriyatlar, ijodiy faoliyat, milliy tarbiya, bolalar ijodkorligi, pedagogik jarayon, shaxsni har tomonlama rivojlantirish, xalq og‘zaki ijodi, milliy an’analar va urf-odatlar, milliy o‘yinlar, estetik tarbiya, ma’naviy-axloqiy rivojlanish, pedagogik integratsiya, ijodiy tafakkur, milliy o‘zlikni anglash

Abstract

Milliy qadriyatlar tushunchasi, ularning tarixiy-falsafiy ildizlari, pedagogik ahamiyati hamda maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsini har tomonlama rivojlantirishdagi o‘rni ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek, xalq og‘zaki ijodi, milliy urf-odatlar, an’analar, marosimlar, milliy o‘yinlar va san’at elementlarining bolalar ijodiy faolligini oshirishdagi imkoniyatlari ochib berilgan.  maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda ijodkorlikni rivojlantirish jarayonida milliy qadriyatlarga tayangan holda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish zarurligi asoslab beriladi. Ijodiy faoliyatning psixologik-pedagogik xususiyatlari, bolalarning tasavvur doirasini kengaytirish, mustaqil fikrlash va estetik didini shakllantirishda milliy qadriyatlarga asoslangan faoliyat turlarining samaradorligi yoritilgan. Shu bilan birga, zamonaviy maktabgacha ta’lim talablari bilan milliy tarbiya uyg‘unligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.  Tadqiqotda milliy qadriyatlarni ijodiy faoliyat bilan integratsiyalash orqali bolalarda vatanparvarlik, milliy o‘zlikni anglash, ijtimoiy moslashuvchanlik va ma’naviy-axloqiy sifatlarni rivojlantirish mumkinligi nazariy jihatdan asoslangan.

Downloads

Published

2026-01-24