O'RTA OSIYODA ZARDUSHTIYLIK DININING VUJUDGA KELISHI VA UNGA TURTKI BO'LGAN OMILLAR
Keywords:
zardushtiylik, O'rta Osiyo, Zaratushtra, Avesto, Xorazm, qabilaviy ko'chishlar, madaniy sintez, arxeologik dalillar, Ahura Mazda, mazdeizm.Abstract
Zardushtiylik – dunyodagi eng qadimiy monoteistik dinlardan biri hisoblanadi. Uning paydo bo'lishi O'rta Osiyo hududlarida (ayniqsa, Xorazm vohasi, Baktriya va Sog'diyona) miloddan avvalgi II–I ming yilliklarda sodir bo'lgan. Ushbu maqolada dinning kelib chiqishi, Zaratushtra ta'limotlari va unga turtki bergan omillarni ya’ni, ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar, qabilaviy ko'chishlar, madaniy sintez va imperiya siyosati o'rganib chiqiladi. O'zbek olimlari tadqiqotlari (A. Sagdullayev, E. V. Rtveladze), "Avesto" matnlari va arxeologik dalillar (Panjikent, Takhti Sangin, ossuariylar) asosida mintaqadagi o'ziga xos rivojlanish ko'rsatilgan. Tadqiqot natijalardan O'rta Osiyo zardushtiylikning asl beshigi bo'lib, u yerda din mahalliy an'analar bilan sintezlanib, keyinchalik Ahamoniylar va Sosoniylar imperiyalari orqali keng tarqalganligini ko’rishimiz mumkin. Shuningdek, dinning global ta'sirini va bugungi o'zbek madaniyatidagi izlarini ham yoritib beriladi