JASET

O‘QUVCHILARDA MATEMATIK SAVODXONLIKNI SHAKLLANTIRISH METODLARI

Authors

  • Tuxtayeva Mehriyo Shavkatovna

    Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy Pedagogika universitetining o’zbek tili va adabiyot kafedrasi o’qituvchisi
    Author
  • Hasanova Sugʻdiyona Nuriddin qizi

    Maktabgacha va boshlangʻich ta’lim fakulteti Boshlangʻich talim yo’nalishi 102-guruh talabasi
    Author

Keywords:

matematik savodxonlik, ta’lim metodlari, kompetensiyaviy yondashuv, muammoli ta’lim, interfaol metodlar, hayotiy masalalar, baholash tizimi

Abstract

Mazkur maqolada o‘quvchilarda matematik savodxonlikni shakllantirish metodlari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’lim jarayonida matematik savodxonlik o‘quvchilarning nafaqat hisob-kitob ko‘nikmalarini, balki real hayotiy vaziyatlarda matematik bilimlarni qo‘llash, muammolarni tahlil qilish va mantiqiy xulosa chiqarish qobiliyatlarini rivojlantirishni taqozo etadi. Tadqiqotda kompetensiyaviy yondashuv, muammoli ta’lim, o‘yin va interfaol metodlar, shuningdek, hayotiy masalalar asosida o‘qitishning samaradorligi yoritilgan. Bundan tashqari, matematik savodxonlikni shakllantirishda o‘qituvchining metodik mahorati, baholash tizimi va differensial yondashuvning ahamiyati asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari boshlang‘ich va umumiy o‘rta ta’limda matematika fanini o‘qitish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Downloads

Published

2026-01-20