TALABALARDA AXLOQIY SIFATLARNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Keywords:
axloqiy sifatlar, shaxs kamoloti, psixologik mexanizmlar, tarbiyaviy jarayon, o‘zini o‘zi anglash, motivatsiya, ijtimoiy mas’uliyat.Abstract
Ushbu maqola talabalarda axloqiy sifatlarni rivojlantirish jarayonining pedagogik va psixologik xususiyatlarini tadqiq etishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda talabalarning shaxsiy kamolotida axloqiy kompetensiyaning shakllanishiga ta’sir etuvchi pedagogik yondashuvlar, psixologik mexanizmlar hamda ularning ta’lim jarayonidagi o‘rni yoritib berilgan.
Tadqiqot jarayonida axloqiy sifatlarning tarkibiy qismlari — mas’uliyat, vijdon, empatiya, mustaqil axloqiy qaror qabul qilish, ijtimoiy faollik va axloqiy ongning rivojlanish bosqichlari tahlil qilingan. Shuningdek, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, interfaol o‘qitish metodlari, psixologik treninglar va motivatsion yondashuvlarning talabalarda axloqiy sifatlarni rivojlantirishdagi ahamiyati ilmiy asoslangan.
Maqolada talabalarda axloqiy sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ushbu jarayondagi o‘rni, shuningdek, oliy ta’lim tizimida axloqiy tarbiyani samarali tashkil etish usullari batafsil bayon etilgan. Tadqiqot natijalari ta’lim jarayonini pedagogik-psixologik jihatdan takomillashtirish, talabalarning shaxs sifatida kamol topishini ta’minlash hamda ularning ijtimoiy mas’uliyatini oshirishga xizmat qiladi.