FRANSUZCHA REKLAMALARDA TINISH BELGILARINING KOMMUNIKATIV IMKONIYATLARI
Keywords:
reklama diskursi, fransuz tili, tinish belgilari, kommunikativ strategiya, semiotika, pragmatika, vizual grammatika, emotsional ta’sir, retorika, matn tahlili.Abstract
Ushbu ilmiy maqola fransuz tilidagi reklama matnlarida tinish belgilarining semiotik va pragmatik ahamiyatini, ularning matnli va vizual kontekstda qanday qo‘llanilishi va o‘quvchi/ko‘ruvchining idrok etishiga qanday ta’sir ko‘rsatishini o‘rganadi. Tadqiqotda reklama kommunikatsiyasining maxsus vazifalari (diqqatni jalb qilish, ma’lumot uzatish, hissiy ta’sir o‘tkazish va harakatga undash) tinish belgilarining strategik qo‘llanilishi orqali qanday amalga oshirilishi tahlii qilinadi. Fransuz reklama tilining o‘ziga xosligi, uning yozma nutqqa yaqinligi, metaforik ifodaliligi va estetik tamoyillarga sodiqligi e‘tiborga olinadi. Belgilarning qat‘iy grammatik qoidalar doirasidan chiqib, kreativ va emotsional vazifani bajarishi, shuningdek, vizual elementlar (rang, shrift, tasvir) bilan uyg‘unlashuvi ko‘rsatib beriladi. Maqolada tinish belgilarining reklama retorikasidagi roli keng yoritilib, ularning muvaffaqiyatli reklama kampaniyalarini shakllantirishdagi ahamiyati aniqlanadi.