JASET

NEGA RADIONI KAM ESHITAMIZ?

Authors

  • Malika Beknazarova Nazirovna

    O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti 1-kurs magistranti
    Author

Keywords:

radiojurnalistika, globallashuv, reyting,interaktivlik, personalizatsiya.

Abstract

Radio va televidenya yaratilgandan beri uzoq yo'lni bosib o'tdi va bugun ular yangi davr ostonasida turibdi. Nafaqat televidenya balki zamonaviy teleradio sohasi ham texnologik taraqqiyot va globallashuv tufayli o'zgarib bormoqda. So'nggi yillar mobaynida dunyoning ko'plab mamlakatlarida, xususan, yurtimizda teleradio sohasida ro'y bergan bir qancha rivojlanishlar bilan bir qatorda radio auditoriyasining keskin pasayishi ham kuzatildi. Mazkur maqola orqali tomoshabinlarning radio eshitishdan uzoqlashib, ma'lumotlar va ko'ngilochar manbalar olishning muqobil variantlariga o'tayotgani sabablari o'rganiladi. Tadqiqot predmeti sifatida radio auditoriyasining pasayishiga sabab bo'layotgan omillar va ularning ta'sir darajasi va bu doirada radio tinglash odatlari, zamonaviy texnologiyalarning roli va auditoriya xulq-atvoridagi o'zgarishlar o'rganiladi. Tadqiqot obyekti sifatida esa radio tinglovchilari (turli yosh guruhlari, ijtimoiy qatlamlari va hududlari), raqobatchi platformalar (musiqa oqim xizmatlari, podkastlar, ijtimoiy tarmoqlar), va radiostansiyalar tomonidan taqdim etilayotgan kontentlar o'rganiladi hamda aniqlangan muammolar yuzasidan taklif va tavsiyalar beriladi.

Downloads

Published

2026-01-14