JASET

O‘SIMLIK ASOS HUJAYRALARI ASOSIDA KOSMETIK VOSITALAR ISHLAB CHIQISHNI OPTIMALLASHTIRISH

Authors

  • Salimova M.K.

    Sharof Rashidov nomidagi SamDU, 1-bosqich magistri
    Author

Keywords:

o‘simlik hujayralari, in vitro kulturasi, bioaktiv metabolitlar, kosmetika, regenerativ texnologiya, ekstraksiya, antioksidant,

Abstract

 

O‘simlik asos hujayralari texnologiyasi so‘nggi yillarda kosmetika sanoatida barqaror va yuqori samarali faol moddalarni ishlab chiqarishning istiqbolli yo‘nalishi sifatida e’tiborga loyiq bo‘lib qolmoqda. O‘simlik hujayralari in vitro sharoitda yetishtirilganda, ularning metabolik faoliyati natijasida bioaktiv komponentlar hosil bo‘ladi, ular kosmetik mahsulotlarda terini regeneratsiya qilish, qarishga qarshi kurashish va hujayralarni himoya qilish kabi biologik ta’sirlarni amalga oshiradi. Ushbu texnologiya an’anaviy o‘simlik ekstraktlariga nisbatan bir qancha afzalliklarga ega: biomassa va bioaktiv metabolitlar miqdori tashqi sharoitlarga bog‘liq bo‘lmaydi, metabolitlar sintezi boshqarilishi mumkin, ishlab chiqarish jarayoni avtomatlashtiriladi va sanoat miqyosida kengaytiriladi. Mazkur maqola o‘simlik hujayralari texnologiyasining nazariy asoslarini, bioaktiv metabolitlar sintezini boshqarish usullarini, optimallashtirish parametrlari - oziq moddalar tarkibi, pH darajasi, harorat va gaz almashinuvi ni o‘rganadi. Shuningdek, in vitro hujayra madaniyati yordamida olingan bioaktiv komponentlarning kosmetik mahsulotlarda biologik ta’siri va ularning amaliy qo‘llanilishi, shu jumladan regenerativ va qarishga qarshi vositalarni yaratishdagi ahamiyati batafsil tahlil qilinadi.

Downloads

Published

2026-01-12