ZAMONAVIY BOSHQARUVDA RAHBAR SHAXSINING IJTIMOIY-ETNIK PSIXOLOGIK OMILLARI
Keywords:
zamonaviy rahbar, boshqaruv psixologiyasi, ijtimoiy omillar, etnik omillar, madaniyatlararo muloqot, rahbar shaxsi, ijtimoiy-etnik muhit, psixologik kompetensiya, jamoa boshqaruviAbstract
Mazkur maqolada zamonaviy rahbarlik faoliyatining psixologik asoslari ijtimoiy va etnik omillar nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Globallashuv va madaniyatlararo integratsiya sharoitida rahbar shaxsiga qo‘yilayotgan talablar tobora murakkablashib borayotgani ilmiy jihatdan asoslanadi. Tadqiqotda rahbarning ijtimoiy muhitga moslashuvi, turli etnik guruhlar vakillari bilan samarali muloqot o‘rnatish qobiliyati, madaniyatlararo bag‘rikenglik va psixologik kompetensiyaning boshqaruv samaradorligiga ta’siri yoritiladi. Shuningdek, jamoani boshqarishda etnopsixologik xususiyatlarni hisobga olish, ijtimoiy rollar va qadriyatlar farqining rahbarlik uslubiga ta’siri tahlil qilinadi. Maqolada zamonaviy rahbar uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy-etnik sezgirlik, empatiya, konfliktlarni boshqarish va yetakchilik strategiyalarining ilmiy-amaliy ahamiyati ochib beriladi.