SUN'IY INTELLEKT VA ROBOTOTEXNIKANING MEHNAT BOZORIGA TA'SIRI
Keywords:
sun’iy intellekt, robototexnika, mehnat bozori, avtomatlashtirish, ish o‘rinlari, raqamli iqtisodiyot, malaka oshirish.Abstract
Sun’iy intellekt va robototexnika zamonaviy texnologik taraqqiyotning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, mehnat bozorida sezilarli tarkibiy o‘zgarishlarni yuzaga keltirmoqda. Ushbu texnologiyalar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida samaradorlikni oshirishi bilan birga, ayrim an’anaviy kasblarning qisqarishiga ham sabab bo‘lmoqda. Mazkur maqolada sun’iy intellekt va robototexnikaning mehnat bozoriga ijobiy va salbiy ta’siri, yangi ish o‘rinlarining yaratilishi, ishchi kuchiga qo‘yilayotgan yangi malaka talablari hamda davlat siyosatining o‘rni ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan Prezident farmon va qarorlari asosida ushbu texnologiyalarning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati yoritib beriladi.