ZAMONAVIY O`ZBEKISTONDA DAVLAT VA DIN MUNOSABATLARI
Keywords:
Davlat va din munosabatlari, vijdon erkinligi, dunyoviy davlat, diniy tashkilotlar, konstitutsiyaviy huquq, diniy bag‘rikenglik, konfessiyalar tengligi, diniy ekstremizmAbstract
Mazkur maqolada davlat va din o‘rtasidagi munosabatlarning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari, vijdon erkinligining mazmuni hamda diniy tashkilotlarning huquqiy maqomi tahlil qilinadi. Unda dunyoviy davlat sharoitida diniy erkinlikni ta’minlash, diniy tashkilotlarning davlatdan ajratilganligi, konfessiyalar tengligi va diniy kamsitishning oldini olish masalalari yoritiladi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va amaldagi qonunchilikda belgilangan vijdon erkinligining kafolatlari, diniy ekstremizm va mutaassiblikka qarshi huquqiy mexanizmlar, diniy tashkilotlarning ijtimoiy va siyosiy hayotdagi ishtiroki chegaralari ko‘rib chiqiladi. Maqola davlatning diniy masalalarda betarafligi tamoyilini mustahkamlash orqali jamiyatda tinchlik, bag‘rikenglik va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash masalalariga qaratilgan.