JASET

GIPOKSIYA VA UNING ZAMONAVIY PATOFIZIOLOGIYASI: ILMIY VA KLINIK TAHLIL.

Authors

  • Yusupova Iroda Axmatjonovna

    Ilmiy rahbar: Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti
    Author
  • Malikova Gulmira Sayfulla qizi

    Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti talabasi
    Author

Keywords:

Gipoksiya, patofiziologiya, HIF-1α, mitoxondriya, metabolik atsidoz, miokard infarkti, insult, kompensator mexanizmlar.

Abstract

Ushbu maqolada gipoksiya va uning zamonaviy patofiziologiyasi haqida so‘z yuritmoqchiman. Gipoksiya — to‘qimalar va hujayralarning kislorod bilan yetarli ta’minlanmasligi bilan tavsiflanadigan patologik holat bo‘lib, turli kasalliklarning rivojlanishida muhim omil hisoblanadi. Ushbu maqolada gipoksiyaning turlari, patofiziologik mexanizmlari, hujayra darajasidagi o‘zgarishlar, kompensator va dekompensator mexanizmlar, shuningdek, klinik oqibatlari tahlil qilinadi. Gipoksiyaning zamonaviy molekulyar asoslari, xususan HIF-1α faollashuvi va oksidlovchi stress jarayonlari ko‘rib chiqiladi. Maqola shuningdek, gipoksiya bilan bog‘liq yurak, miya va o‘pka kasalliklarining patofiziologik va klinik jihatlarini yoritadi. Bu tadqiqot gipoksiyaning tushunilishi va zamonaviy tibbiyotda diagnostika hamda davolash yondashuvlarini takomillashtirishga qaratilgan.

Downloads

Published

2026-01-06