JASET

“JASORAT FENOMENI: ABDULLA QODIRIYNING “O’TKAN KUNLAR” VA HARPER LINING “TO KILL THE MOCKINGBIRD” ASARLARI TALQINIDA AXLOQIY ONGNING BADIIY MODELLASHTIRILISHI”

Authors

  • Mehrinigor Baxodirovna Axmedova,

    f.f.d. (DSc) m.b.axmedova@buxdu.uz
    Author
  • To’raqulova Muhayyo Sevdiyor qizi

    1-kurs magistr talabasi, BuxDU
    Author

Keywords:

mardlik, asar tahlili, ingliz madaniyati, fenomen, ommaviylik, individualism, axloqiy ong.

Abstract

Ushbu maqolada ingliz va o’zbek adabiyotidagi «mardlik» fenomeni axloqiy ongning badiiy modeli tarzida o’rganiladi. Maqolada Abdulla Qodiriyning «O’tkan kunlar»  va Harper Lining «To Kill a Mockingbird»  kabi ommaga mashhur bo’lgan asarlarida jasorat tushunchasiga bo’lgan o’zbek va ingliz madaniyatiga xos subyektiv qarashlar asar qahramonlarining  turli mushkul vaziyatlarda o’zini tutish tarzi va ularga jamiyat tomonidan qo’yilgan ijtimoy kutuvlar asosida ko’rsatib beriladi. Garchi mardlik timsoli barcha  uchun ma’lum darajada umumiy tushuncha bo’lib hisoblansa-da, har bir millatning tarixi, turmush tarzi va madaniyati kabi xususiyatlar mazkur konseptni turlicha talqin qilinishiga sabab bo’ladi. Maqolada ligvistik birliklar orqali mardlik konspetining milliy o’ziga xosliklari ko’rsatib beriladi.

Downloads

Published

2025-12-31