JASET

INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDAGI ORNITONIM KOMPONENTLI FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING AMALIY QO‘LLANILISHI

Authors

  • Daminova Menglixol Ismoil qizi.

    Termiz davlat pedagogika instituti Talabasi
    Author
  • Alieva Zimikhol Ashurkulovna

    Termiz davlat pedagogika instituti O‘qituvchisi
    Author

Keywords:

Ornitonim, frazeologik birlik, qiyosiy tilshunoslik, semantik tahlil, ingliz tili, o‘zbek tili, antropotsentrik yondashuv, madaniyatlararo muloqot, tarjima muammolari.

Abstract

Mazkur tezis ingliz va o‘zbek tillaridagi ornitonim komponentli frazeologik birliklarning semantik va funksional xususiyatlarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqot jarayonida qiyosiy-tahliliy va tavsifiy metodlardan foydalanildi. Ingliz va o‘zbek tillaridan tanlab olingan frazeologik birliklar semantik guruhlarga ajratilib, ularning nutqdagi amaliy qo‘llanilishi o‘rganildi. Tahlil natijalari ornitonim komponentli frazeologik birliklarning asosan insonning xarakteri, aqliy xususiyatlari, harakat faolligi hamda ruhiy holatini ifodalashga xizmat qilishini ko‘rsatdi. Shuningdek, ushbu birliklarning tarjima va til o‘qitish jarayonidagi ahamiyati asoslab berildi. Tadqiqot natijalari madaniyatlararo muloqot va frazeologik kompetensiyani rivojlantirishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

Downloads

Published

2025-12-29