JASET

TOHIR MALIK ASARLARINING DIDAKTIK XUSUSIYATLARI

Authors

  • Ahmadova O‘g‘iloy Ozodqul qizi

    SamDU tayanch doktoranti ahmadovaogiloy93@gmail.com
    Author

Keywords:

Tohir Malik, didaktika, zamonaviy o‘zbek adabiyoti, axloqiy tanlov, ma’naviy tarbiya, “Shaytanat”.

Abstract

Mazkur maqolada o‘zbek zamonaviy adabiyotining yirik namoyandasi Tohir Malik ijodining didaktik xususiyatlari tahlil qilinadi. Yozuvchining asarlarida axloqiy tanlov, insoniy fazilatlarni ulug‘lash, jamiyat va shaxs mas’uliyatini yoritish, diniy-ma’rifiy g‘oyalarni targ‘ib etish kabi jihatlar markaziy o‘rin tutishi ilmiy asosda yoritilgan. “Shaytanat” turkumi, hikoya va qissalarida yovuzlikning fosh etilishi, halollik va ezgulikning ustuvorligi, yoshlarni ogohlikka chaqiruvchi g‘oyalar aniq dalillar bilan ko‘rsatiladi. Tadqiqot Tohir Malik asarlaridagi realizm, soddalik va o‘quvchini ijtimoiy-ma’naviy xulosaga yetaklaydigan badiiy vositalarning didaktik mohiyatini ochib beradi.

Downloads

Published

2025-12-29