O‘ZBEK MAKTABLARIDA CLIL (CONTENT AND LANGUAGE INTEGRATED LEARNING) METODINING QO‘LLANILISHI
Keywords:
CLIL, Mohiyat va Tilni Integratsiyalashgan Ta’lim, O‘zbekiston maktablari, pedagogik innovatsiya, multilingualizm, “4S” ramkasi, o‘qituvchi tayyorgarligi, mahalliylashtirilgan o‘quv materiallari, akademik til ko‘nikmalari, ta’lim islohotlari.Abstract
Ushbu maqola O‘zbekiston maktablarida zamonaviy pedagogik metod – Content and Language Integrated Learning (CLIL) yoki Mohiyat va Tilni Integratsiyalashgan Ta’limni joriy qilishning nazariy va amaliy jihatlarini kompleks tahli qiladi. Maqolada CLIL metodologiyasining “4S” (Sohaviy bilim, Muloqot, Idrok etish, Madaniyat) ramkasi asosida o‘quv jarayonini tashkil etishning ahamiyati yoritilgan. Maqolada O‘zbekiston ta’lim tizimidagi islohotlar kontekstida CLILning roli va o‘rnini, uning joriy qilinish darajasini (Prezident maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar misolida), shuningdek, amaliyotda duch kelinayotgan asosiy muammolarni (o‘qituvchilar tayyorgarligining yetishmasligi, mahalliylashtirilgan o‘quv materiallarining kamligi, baholash qiyinchiliklari) ochib beradi. Maqolada, shuningdek, ushbu metodni qo‘llashning dastlabki ijobiy natijalari (o‘quvchilarning motivatsiyasi va akademik til ko‘nikmalarining