DIZAYN JARAYONIDA ERGONOMIK YONDASHUV
Keywords:
Ergonomika, ergonomik dizayn, arxitektura, ichki makon, yashash muhiti, iqlim sharoiti, yorug‘lik, ovoz, xavfsizlik, estetik dizayn, ranglar, materiallar, emotsional holat, energiya samaradorligi, ekologik tizim, texnologik innovatsiyalar, qulaylik, mebel joylashuvi, o‘tkir burchaksiz mebel, funksional makon, o‘tish yo‘laklari.Abstract
Ushbu maqolada ergonomik dizayn tamoyillarining arxitektura, ichki makon yaratish va ish joylarini loyihalash jarayonidagi ahamiyati keng yoritiladi. Ergonomik yondashuv insonning jismoniy va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda qulay, xavfsiz va samarali muhit yaratishga qaratilgani bilan izohlanadi. Maqolada mebelni to‘g‘ri joylashtirish, o‘tkir burchaksiz jihozlardan foydalanish, yorug‘lik, havo sifatlari, ovoz, xavfsizlik kabi omillarning inson salomatligi va ishlab chiqarish unumdorligiga ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, ish joyining noto‘g‘ri tashkil qilinishi professional kasalliklar, charchoq, mahsulot sifatining pasayishi va mehnat jarayonida xatolar ko‘payishiga sabab bo‘lishi mumkinligi ta’kidlanadi. Maqolada ergonomik yondashuvning zamonaviy ish jarayonlari, texnologik innovatsiyalar va ishlab chiqarish jarayonida ergonomika, sifat talablari va xodimlar ishtirokining o‘zaro integratsiyasi muhim o‘rin tutishi ko‘rsatib beriladi.