QASHQADARYO VOHASI QISHLOQ JAMOASINING IJTIMOIY TUZILISHI (XX ASR BOSHLARIDA)
Keywords:
ish hayvonlari, kambag‘al-batraklar, “boshboshdoqlik”, “Qoraqum” qorako‘lchilik sovxozi, “yot unsurlar”.Abstract
Mazkur maqolada Qashqadaryo vohasida jamolashtirish siyosatining amalga oshirilishi, buning natijasida chorva mollarining sonining keskin qisqarib ketishi, chorvachilik mahsulotlarining kamayishi, yem-xashak jamg‘arish rejalarining bajarilmaganligi oqibatida chorva mollarining nobud bo’lishi, shuningdek chorvadorlarning majburan jamoalashtirishga qo’shilishi bilan bog‘liq masalalar bayon etilgan.
Aytish kerakki, kollektivlashtirish boshlanishida viloyatda bir qator jiddiy xatolarga yo‘l qo‘yilgan, ayrim hollarda ixtiyoriylikning lenincha tamoyili buzilgan, ayrim kolxozlar shoshqaloqlik bilan tuzilgan, ular o‘rta-sida zarur tushuntirish ishlari olib borilmagan. Qashqadaryoning chorva-chilikda erishgan yutuqlari va jamoalashtirish siyosatining ta'siri, vohada mavjud bo'lgan naslchilik zavodlarining bu davrdagi ahvoli va bu bilan bog'liq masalalari, jamoalashtirish yillarida Qashqadaryo vohasi iqtisodiyotida chorvachilikning o‘rni arxiv ma’lumotlari yordamida atroflicha ochib berilgan va muhokama qilinadi