BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA KOMMUNIKATIV SAVODXONLIKNI SHAKLLANTIRISH USULLARI
Keywords:
Kommunikativ savodxonlik, boshlang‘ich ta’lim, pedagogik yondashuv, interfaol metodlar, muloqot kompetensiyasi, og‘zaki va yozma nutq rivoji, rolli o‘yinlar, ijodiy topshiriqlar, multimediadan foydalanish, o‘quvchi faolligi.Abstract
Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘quvchilarda kommunikativ savodxonlikni shakllantirishning samarali usullari yoritiladi. Kommunikativ kompetensiya o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirish, muloqot jarayonida fikrni aniq ifodalash, tinglash madaniyatini shakllantirish hamda o‘zaro hamkorlikda ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning muhim omili sifatida tahlil qilinadi. Maqolada interfaol metodlar, rolli o‘yinlar, ijodiy topshiriqlar, muloqotga asoslangan mashg‘ulotlar va multimediadan foydalanishning samaradorligi ilmiy-nazariy asoslar va amaliy misollar orqali ochib beriladi. Shuningdek, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan ishlashda o‘qituvchining kommunikativ yondashuvi hamda individual rivojlanish xususiyatlarini hisobga olgan holda darslarni tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.