TARMOQ EMULYATORLARINING ISHLASH PRINSIPLARI VA QO‘LLANILISHI
Keywords:
tarmoq emulyatorlari va ularning ishlash prinsiplari, tarmoq emulyatsiyasi jarayonlari, virtual tarmoq muhitini yaratish, tarmoq modellashtirish va tahlil, kompyuter tarmoqlari va protokollari, tarmoq topologiyalari va elementlar o‘zaro aloqasi.Abstract
Ushbu maqolada zamonaviy kompyuter tarmoqlarini tahlil qilish va loyihalashda keng qo‘llanilayotgan tarmoq emulyatorlarining ishlash prinsiplari, arxitekturaviy tuzilmasi hamda funksional imkoniyatlari yoritilgan. Tarmoq emulyatorlari real tarmoq infratuzilmasini sun’iy muhitda qayta yaratish orqali tarmoq emulyatsiyasi jarayonlarini amalga oshirishga xizmat qiladi va bu jarayon tarmoq qurilmalari, uzatish kanallari hamda protokollarning ishlash samaradorligini baholash imkonini beradi. Maqolada emulyatsiya asosida virtual tarmoq muhitini shakllantirish bosqichlari, tarmoq topologiyalarini modellashtirish usullari hamda tarmoq elementlarining o‘zaro aloqasi tahlil qilingan. Shuningdek, tarmoq modellashtirish jarayonlarining ta’lim, ilmiy-tadqiqot va amaliy loyihalash sohalaridagi ahamiyati asoslab berilib, emulyatorlardan foydalanish real tajriba xarajatlarini kamaytirishi, sinov jarayonlarini tezlashtirishi hamda tarmoq ishonchliligi va xavfsizligini oshirishda muhim vosita ekanligi xulosa qilingan.