TABIAT OBRAZLARI SEMANTIK TAHLILI: ERNEST HEMINGUEYNING “CHOL VA DENGIZ” ASARI MISOLIDA
Keywords:
Chol va dengiz, dengiz poetikasi, tabiat obrazlari, semantik tahlil, marlin, ramziylik, badiiy tafakkur.Abstract
Ernest Hemingueyning mashhur “Chol va dengiz” asari misolida tabiat obrazlarining semantik xususiyatlari tahlil qilinadi. Dastlab, Heminguey poetikasida tabiatning tutgan o‘rni, uning minimalistik uslubdagi timsollar orqali berilishi ko‘rib chiqiladi. Asarda dengiz, marlin, akulalar, quyosh va shamol kabi unsurlar ramziy ma’noga ega bo‘lib, ular qahramon xarakterini ochish, kurash, iroda, maqsad va yo‘qotishlar mazmunini yoritishda muhim funksiyani bajaradi. Tadqiqot natijalari Heminguey tabiat tasvirlari orqali inson va tabiat o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni badiiy-falsafiy darajada talqin qilgani ko‘rsatilgan shuningdek tahlil natijalariga ko‘ra, tabiat obrazlari asarda nafaqat tasviriy vosita balki chuqur ramziy mazmun beruvchi semantik kod sifatida ishlatilgan.