SUN’IY INTELLEKTTEXNOLOGIYALARI YORDAMIDA KREDIT RISKINI BOSHQARISH: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA IMKONIYATLAR
Keywords:
Sun’iy intellekt, mashina o‘rganish, kredit riskini baholash, moliyaviy texnologiyalar, bashoratli tahlil, operatsion xavf, moliyaviy firibgarlik.Abstract
Moliyaviy institutlarda kredit riskini boshqarish tizimlari Sun’iy intellektva mashina o‘rganish texnologiyalari yordamida tubdan takomillashtirildi. Ushbu texnologiyalar an’anaviy statistik modellar bilan solishtirganda katta hajmdagi ma’lumotlarni tezkor tahlil qilish, kredit to‘lov qobiliyatini aniqroq baholash va erta ogohlantirish signallarini aniqlash imkonini beradi. Maqolada sun’iy intellekt va MLning kredit riskini bashorat qilish, moliyaviy firibgarlikni aniqlash, operatsion va bozor risklarini tahlil qilishdagi roli o‘rganiladi. Shuningdek, ilg‘or algoritmlarning samaradorligi, ma’lumotlar sifatiga bog‘liqligi, adolatlilik va xavfsizlik masalalari tahlil qilinadi. Kelajak istiqbollarida tushunarli sun’iy intellekt, blokcheyn bilan integratsiya va erta ogohlantirish tizimlarining kredit riskini boshqarishdagi potentsiali muhokama qilinadi.