JASET

AXBOROT XAVFSIZLIGI: MUAMMOLAR VA ZAMONAVIY YECHIMLAR

Authors

  • Tohirjonova Nozimabonu

    Oriental universiteti iqtidorli talabasi tohirjonovanozima07@gmail.com
    Author
  • Aliyev Dilshod

    Oriental universiteti katta oʻqituvchisi aliyevali1211@gmail.com
    Author

Keywords:

Axborot xavfsizligi, kiberxavfsizlik, kiberhujum, shaxsiy ma’lumotlar himoyasi, raqamli xavfsizlik, axborot texnologiyalari, axborot madaniyati, zamonaviy yechimlar, sun’iy intellekt, axborot siyosati.

Abstract

Ushbu maqolada axborot xavfsizligi tushunchasi, uning zamonaviy jamiyatdagi o‘rni, asosiy tahdidlar, global va milliy miqyosdagi xavfsizlik muammolari va ularni bartaraf etish yo‘llari ilmiy-nazariy asosda ko‘rib chiqiladi. Hozirgi davrda raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi bilan bir qatorda, kiberxavfsizlik, shaxsiy ma’lumotlarning maxfiyligi va axborot infratuzilmasining himoyasi dolzarb muammoga aylanmoqda. Maqolada axborotga tahdid soluvchi omillar, davlat va xususiy sektorning oldida turgan xavf-xatarlar, ularni bartaraf etish uchun ilg‘or texnologik va huquqiy yechimlar asosida tahlil qilinadi. Axborot xavfsizligini ta’minlashda xalqaro tajribalar va O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar misolida mavzuning amaliy ahamiyati yoritiladi. Mazkur maqola zamonaviy ilmiy adabiyotlar va statistik ma’lumotlarga tayangan holda yozilgan.

Downloads

Published

2025-12-20