BUYUK AJDODLARIMIZ MEROSIDA MILLIY TARBIYA MASALALARINING YORITILISHI
Keywords:
Milliy tarbiya, ajdodlar merosi, komil inson, maʼnaviy-axloqiy qadriyatlar, vatanparvarlik, Alisher Navoiy, Amir Temur, mutafakkirlar, islom taʼlimoti, renessans.Abstract
Mazkur ilmiy maqola Oʻzbekistonning buyuk mutafakkirlari, allomalari va davlat arboblari tomonidan yaratilgan boy maʼnaviy-madaniy merosni milliy tarbiya tizimining nazariy va amaliy asosi sifatida chuqur tahlil qilishga bagʻishlangan. Unda Ahmad Yassaviy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Amir Temur, Abu Ali Ibn Sino, Imom Buxoriy kabi ajdodlarimizning asarlarida komil insonni shakllantirish, axloqiy fazilatlar, vatanparvarlik, ilmga chanqoqlik, adolatparvarlik va insonparvarlik kabi milliy tarbiya masalalarining qanchalik teran yoritilganligi ilmiy-falsafiy jihatdan oʻrganiladi. Maqola milliy oʻzlikni anglash, yosh avlodni milliy qadriyatlar ruhida kamol toptirish va Uchinchi Renessans poydevorini mustahkamlashda mazkur merosning ahamiyatini koʻrsatib berishni maqsad qilgan. Tadqiqotda ajdodlarimizning pand-nasihatlari, hikmatli soʻzlari va ilmiy risolalari zamonaviy pedagogik yondashuvlar bilan qiyosiy tahlil etiladi.