JASET

VOYAGA YETMAGANLAR ORASIDA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISHDA HUQUQIY MADANIYATNING O‘RNI

Authors

  • Jumanazarov Feruzbek Azamat o’g’li

    Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch Davlat Universiteti “Ijtimoiy iqtisodiy fanlar fakulteti” Huquq kafedrasi stajor-o’qituvchisi
    Author

Keywords:

Voyaga yetmaganlar, huquqbuzarlik, oldini olish, huquqiy ong, huquiy madaniyat, huquqiy savodhonlik, ijtimoiy muhit, oila, maktab, mahalla, davlat siyosati, qonunchilik, targ’ibot tadbirlari.

Abstract

Ushbu tezisda voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olishda huquqiy madaniyatning o‘rni va ahamiyati chuqur tahlil qilinadi. Tezisda huquqiy madaniyat tushunchasi, uning mohiyati va voyaga yetmaganlar huquqiy ongiga ta’siri yoritiladi. Voyaga yetmaganlarning huquqbuzarliklarining ijtimoiy va huquqiy sabablari ko‘rib chiqilib, huquqiy madaniyatning pastligi va huquqbuzarlik o‘rtasidagi bevosita bog‘liqlik asosida baholanadi. Shuningdek, huquqiy madaniyatni oshirish orqali voyaga yetmaganlarning huquqbuzarliklardan himoyalanishi, ularning qonunlarga hurmat ko‘rsatishi va ijtimoiy me’yorlarga moslashishi imkoniyatlari o‘rganiladi. Tezisda oila, maktab, mahalla kabi ijtimoiy institutlarning huquqiy madaniyat shakllanishidagi roli, davlat siyosati va qonunchilikdagi samarali chora-tadbirlar hamda xalqaro tajribalar asosida tavsiyalar taqdim etiladi. Tadqiqot natijalari voyaga yetmaganlarning huquqbuzarligini oldini olishda huquqiy madaniyatni oshirishning muhimligini, huquqiy savodxonlik va ijtimoiy faollikni rag‘batlantirish zarurligini ko‘rsatadi. Shuningdek, oilalar va ijtimoiy muhitning huquqiy madaniyatni mustahkamlashdagi roli va mahallalar bilan hamkorlikning ahamiyati ta’kidlanadi. Tezis ijtimoiy va huquqiy sohada faoliyat yurituvchi mutaxassislar, o‘qituvchilar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari va yoshlar bilan ishlovchi ijtimoiy tashkilotlar uchun amaliy ahamiyatga ega.

Downloads

Published

2025-12-17