JASET

SQL SERVERDA CHEKLASHLAR

Authors

  • Israil Tojimamatov

    Fargʻona davlat universiteti Axborot texnologiyalari kafedrasi katta o‘qituvchisi
    Author
  • Abdug‘opporov Habibullo Xolmurod o‘g‘li

    Fargʻona davlat universiteti Axborot tizimlari va texnologiyalar yo‘nalishi 2-kurs talabasi
    Author

Keywords:

SQL Server, constraints, cheklovlar, NOT NULL, UNIQUE, PRIMARY KEY, FOREIGN KEY, CHECK, DEFAULT, ma’lumotlar yaxlitligi, ma’lumotlar bazasi, CREATE TABLE, ALTER TABLE, referensial yaxlitlik.

Abstract

Ushbu maqola SQL Server ma’lumotlar bazasi boshqaruv tizimidagi cheklovlar (constraints) mavzusiga bag‘ishlangan. Ma’lumotlar bazasining asosiy vazifalaridan biri bu — yaxlitlik, aniqlik va ishonchlilikni ta’minlashdir. Cheklovlar ma’lumotlar ustida avtomatik ravishda nazorat o‘rnatib, noto‘g‘ri yoki nomaqbul qiymatlar kiritilishini oldini oladi. Ushbu maqolada cheklovlarning asosiy turlari — NOT NULL, UNIQUE, PRIMARY KEY, FOREIGN KEY, CHECK, DEFAULT — haqida batafsil ma’lumot beriladi. Har bir cheklov misollar bilan tushuntiriladi, shuningdek, ularning qanday holatlarda qo‘llanilishi haqida izohlar beriladi. Maqolaning maqsadi — dasturchilar, talaba va ma’lumotlar bazasi administratorlariga SQL Server muhitida cheklovlar yordamida ma’lumotlar sifati va yaxlitligini qanday ta’minlash mumkinligini o‘rgatishdan iborat. Shuningdek, maqola amaliy misollar orqali nazariy bilimlarni mustahkamlashga xizmat qiladi

Downloads

Published

2025-05-05