JASET

LOKOMOTIV DIZEL DVIGATELLARIDA MEXANIK MOY FILTRLARI KONSTRUKSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH

Authors

  • Keldibekov Zokirbek Olloberdiyevich

    Author

Keywords:

lokomotiv dizel dvigateli, mexanik moy filtri, filtrlash materiali, gidravlik qarshilik, filtrlash aniqligi, kartrij, porozli material, metall tolali qatlam, teplovoz, moylash tizimi, dvigatel resursi, ekspluatatsiya, modernizatsiya, texnik xizmat.

Abstract

Ushbu ilmiy ishda lokomotiv dizel dvigatellarida qo‘llaniladigan mexanik moy filtrlari konstruksiyasini takomillashtirish masalasi o‘rganilgan. UzTE16M, 2TE116 va TEP-70BS teplovozlarida ishlatilayotgan filtrlardagi asosiy kamchiliklar — filtrlash aniqligining pastligi, gidravlik qarshilikning yuqoriligi va resursning qisqaligi — tahlil qilindi. Tadqiqot jarayonida ko‘p qatlamli filtrlash materiali, oqim yo‘nalishini optimallashtiruvchi konstruktiv yechimlar va filtr kartrijini qayta yuvish imkonini beruvchi model ishlab chiqildi. Tajribalar takomillashtirilgan filtr 5 mikrongacha bo‘lgan zarrachalarni ushlab, moydagi qattiq disperslarni 27–32% ga, yeyilish darajasini esa 15–18% ga kamaytirishini ko‘rsatdi. Yangi filtrning resursi 800–1000 soatni tashkil etadi. Taklif etilgan konstruktsiya lokomotiv dizel dvigatellarining ishonchliligi va ekspluatatsion samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Downloads

Published

2025-12-14