TЕMURIYLAR DAVRIDA MOVAROUNNAHRDA IJTIMOIY VAZIYAT
Keywords:
Movarounnahr, Temuriylar davri, sug‘orish tizimi, davlat va mulkchilik, suyurg‘ol, xunarmandchilik, ichki va tashqi savdo, Ulug‘bek, madrasalarAbstract
Temuriylar davrida Movarounnahrda ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayot sezilarli darajada rivojlandi. Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo, Marv va Xirot vohalarida yirik sug‘orish inshootlari barpo etilib, mavjud kanallar tiklandi va yangi suv ta’minoti tizimlari yaratildi. Bu davrda davlat va mulkchilik tizimi shakllanib, yer egaligi davlat mulki, xususiy mulk, vaqf yerlar va jamoa yerlari sifatida ajratildi. Davlat yerlarining ko‘pchiligi “suyurg‘ol” tarzida ajratilib, egalarga soliqlarni yig‘ish, amaldorlar tayinlash va jazo qo‘llash huquqi berilgan. Shu bilan birga, o‘rta asr xunarmandchiligi, ayniqsa kulolchilik, sopol buyumlar, tosh o‘ymakorligi va binokorlik keng rivojlandi. Temuriylar davri Movarounnahrning siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida muhim burilish davri bo‘ldi.