JASET

RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA IJTIMOIY VA IQTISODIY JARAYONLARNI RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI

Authors

  • Islomov Javohir Iskandar o‘g‘li

    Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Urgut filiali, Biznensi boshqarish va tabiiy fanlar fakulteti Buxgalteriya hisobi yo‘nalishi 214-guruh talabasi
    Author

Keywords:

Raqamli iqtisodiyot, gig-iqtisodiyot, masofaviy bandlik, raqamli ta’lim, malaka oshirish, elektron hukumat, raqamli infratuzilma, YaIM, innovatsiyalar, startaplar, eksport salohiyati, inklyuziya.

Abstract

Maqolada raqamli iqtisodiyotning O‘zbekiston iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasiga ta’siri, gig-iqtisodiyot va masofaviy bandlik, raqamli ta’lim va malaka oshirish, shuningdek elektron hukumat va raqamli infratuzilmaning samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqotlar raqamli sektorning YaIMdagi ulushi ortib borayotganini, yangi ish o‘rinlari yaratilishini, ishchi kuchining fleksibil va inklyuziv bo‘lishini, shuningdek mamlakat eksport salohiyatining oshishini ko‘rsatadi. Maqolada shuningdek raqamli iqtisodiyotning ijtimoiy tengsizlikni kamaytirish, innovatsiyalar va startaplarni rivojlantirishdagi roli, davlat boshqaruvida samarali mexanizmlar yaratish imkoniyatlari yoritilgan. Tadqiqot natijalari raqamli infratuzilmani rivojlantirish, gig-iqtisodiyot va masofaviy bandlikni qo‘llab-quvvatlash, raqamli ta’limni kengaytirish va elektron hukumat tizimini yaxshilash orqali mamlakatning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash mumkinligini ko‘rsatadi.

Downloads

Published

2025-12-13